Hisobot oy oxirida yig‘iladi
Raqamlar Excel fayllarda sochilgan. Qaror qabul qilish kerak bo‘lganda ma’lumot hali tayyor emas — yoki allaqachon eskirgan.
Qo‘lda bajariladigan ishlar, Excel va yo‘qolgan buyurtmalar o‘rniga — avtomatlashtirilgan jarayonlar va rahbar uchun shaffof hisobot. Har bir buyurtma va har bir so‘m ko‘rinib turadi.
● Kim uchun
Jamoa kattalashgan, buyurtmalar ko‘paygan, lekin jarayonlari hali Excel, Telegram va daftarda yurgan bizneslar bilan ishlayman.
Tanish holatlar
Biznes o‘sgani sari qo‘lda boshqarish qimmatga tusha boshlaydi. Eng ko‘p uchraydigan oltita belgi:
Raqamlar Excel fayllarda sochilgan. Qaror qabul qilish kerak bo‘lganda ma’lumot hali tayyor emas — yoki allaqachon eskirgan.
Qog‘ozda bir qoldiq, dasturda boshqa. Kamomad qayerda paydo bo‘lganini hech kim ko‘rsatib bera olmaydi.
Arizalar Telegram, telefon va daftarda. Kimdir javob berishni unutsa — mijoz raqobatchiga ketadi, siz esa bilmay qolasiz.
Menejer yoki hisobchi ketsa, mijozlar bazasi va jarayon haqidagi bilim ham u bilan birga ketadi.
1C, CRM, bank-klient va Telegram alohida yashaydi. Xodimlar ma’lumotni qo‘lda ko‘chiradi — vaqt shu yerda yo‘qoladi, xato shu yerda paydo bo‘ladi.
Aylanma bor, foyda esa noaniq. Qaysi mahsulot, filial yoki menejer pul olib kelayotganini bir qarashda ko‘rib bo‘lmaydi.
O‘zingizni tanidingizmi? 30 daqiqada qayerdan boshlashni aniqlaymiz.
Xizmatlar
Hammasini birdan emas: eng ko‘p pul va vaqt yo‘qolayotgan joydan boshlaymiz.
Jarayonlaringizni boshidan oxirigacha o‘rganib, qayerda vaqt, pul va ma’lumot yo‘qolayotganini topaman.
NatijaMuammolar xaritasi va ustuvorlik bo‘yicha reja.
Qo‘lda takrorlanadigan ishlarni tizimga o‘tkazaman: buyurtmalar, ombor, hujjat aylanishi, xodimlar vazifalari.
NatijaXodimlar vaqtini rutinaga emas, mijozga sarflaydi.
Alohida yashayotgan tizimlarni bog‘layman: hisob dasturi, CRM, bank, to‘lov tizimlari va sayt bitta ma’lumot bilan ishlaydi.
NatijaMa’lumot bir marta kiritiladi — hamma joyda to‘g‘ri.
Rahbar uchun real vaqtdagi panel: savdo, qoldiq, qarzdorlik, xodimlar natijasi — telefon yoki kompyuterdan.
NatijaHisobotni kutmaysiz — ochib ko‘rasiz.
Har bir ish hajm, muddat va narx yozma kelishilgandan keyin boshlanadi. Avval kichik, o‘lchanadigan bosqich — natijani ko‘rib, davom etish-etmaslikni o‘zingiz hal qilasiz.
Ish jarayoni
Har bir bosqichda nima olishingiz oldindan ma’lum.
Muammoni tinglayman, savollar beraman. Yordam bera olmasam — ochiq aytaman.
Jarayonni joyida yoki onlayn o‘rganaman. Natija — muammolar xaritasi, ustuvor yechimlar, muddat va narx.
Ishni kichik bosqichlarga bo‘laman. Har ikki haftada ishlaydigan natijani ko‘rasiz va fikr bildirasiz.
Tizim faqat undan foydalanilsagina ishlaydi. Yo‘riqnoma va jonli o‘rgatish — ishning bir qismi.
Ishga tushgandan keyin ham yoningizdaman: monitoring, tuzatishlar va rivojlantirish.
Nega men
10 yildan ortiq vaqt davomida xato qimmatga tushadigan tizimlarni qurganman: mobil va internet-banking, to‘lov tizimlari, davlat xizmatlari bilan integratsiyalar. Ipotekabank OTP Group va REALSOFT’da dasturchilar guruhiga rahbarlik qilganman.
Shu intizomni — xavfsizlik, ishonchlilik, aniq muddat — kichik va o‘rta biznes jarayonlariga olib kelaman. Chiroyli taqdimot emas, har kuni ishlaydigan tizim.
Tajribadan misollar
Bular — men ishlagan kompaniyalardagi loyihalar va ulardagi rolim.
Bank · Hisobot tizimi
Hisobot tizimini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i
Bank · Korporativ mijozlar uchun Open API
Dasturchilar guruhi rahbari
Fintech · Mobil bank ekotizimi
Java dasturchi
Savollar
Narx ish hajmiga bog‘liq, shuning uchun avval bepul suhbat va audit. Auditdan keyin hajm, muddat va narxni yozma ko‘rinishda olasiz — kutilmagan qo‘shimcha to‘lovlarsiz.
Audit — 1–2 hafta. Birinchi ishlaydigan natija odatda 2–6 hafta ichida chiqadi; katta tizimlar bosqichlarga bo‘linadi.
Yo‘q. Ko‘pincha mavjud tizimlarni almashtirish emas, ularni o‘zaro bog‘lash va ustiga hisobot qurish kifoya.
Bank tizimlaridan keyin xavfsizlik men uchun odat: NDA imzolaymiz, kirish huquqlari minimal bo‘ladi, ma’lumotlar o‘z serveringizda yoki siz tanlagan bulutda qoladi.
Bu eng ko‘p uchraydigan xavf. Shuning uchun tizimni xodimlar bilan birga loyihalayman, ularning ishini og‘irlashtirmaydigan qilib quraman va o‘rgataman.
Ha, shartnoma asosida — bosqichlar va to‘lov jadvali bilan.
Aloqa
Yordam bera olmasam, ochiq aytaman va kimga murojaat qilishni maslahat beraman.